Bahrayn Taşqi işlar vaziri şayx Xolid ibn Ahmad Al-Xalifaning parlament yiğilişida deputatlarning savollariga javob beriş vaqtida ma'lum qilişiça, Eron Bahrayndagi ekstremistik guruhlardan öz maqsadlarini amalga oşirişda foydalaniş uçun ularni şuğullantirmoqda.

"Eron öz lagerlarida terrorçi guruhlarni tayyorlaydi. Bu mamlakat Bahrayn hududiga qurol va portlovçi moddalar olib kiradi", deydi Al Xalifa.

Vazir Bahrayn Eronning öz içki işlariga aralaşayotgani uçun tegişli çoralarni qabul qilişi haqida aytgan.

Şu yilning boşida Bahrayn Saudiya Arabistoni va Eron ziddiyati vaqtida birinçi bölib saudiyaliklar tarafini olgan va eronliklar bilan diplomatik munosabatlarini buzgan.

Bahrayn hukumatining hisoblaşiça, 2011 yili mamlakatdagi şialarning sunniylardan iborat podşohlik hukumatiga qarşi ötkazgan norozilik namoyişi ortida Eron turadi.