Eng orziqib kutilgan LG G5 smartfoni Friends modul konsepsiyalari bilan bir qatorda Mobile World Congress 2016 körgazmasida namoyiş etilgan. Smartfon 33ta sovrin, jumladan, “Eng yaxşi mobil telefonlar va uskunalar” oliy mukofotini qölga kiritdi. 

Smartfonlarda ilk bor kengburçakli obektivga ega ikki kamera paydo böldi.

LG G5 ikki 8Mp hamda 16 Mp standart kamera bilan boyitilgan – biri 78 gradus standart köriş burçagi, ikkinçisi esa 135 gradus kengburçakli obektivga ega. Bu smartfonlarda şu paytga qadar foydalanilgan eng keng obektiv hisoblanadi. 135 gradusli köriş burçagi smartfonlardagi kameralardan 1,7 barobar kengroq va inson közi bilan köriş burçagidan 15 gradusga keng. Kengburçakli kamera yordamida siz, masalan, baland binolar yoki keng obektlarni ulargaça bölgan masofani uzaytiriş zaruratisiz osongina suratga olişingiz mumkin. 

Yanada qulay bölişi uçun ekran hamişa yoniq turadi.

Statistika böyiça foydalanuvçilar öz smartfonlarini kuniga 150 martagaça yoqadi, köpinça şunçaki vaqtni biliş yoki yangi xabarlarni tekşiriş uçungina yoqişga töğri keladi. LG G5 smartfonining 5,3 dyuymli displeyi “Hamişa yoniq” funksiyasini taklif etadi. Asosiy smartfonning özi uyqu rejimida bölişiga qaramasdan displey tanaffussiz vaqt va sanani körsatib turadi. Muhim uçraşuvlarda, kinoteatrda yoki qöllaringiz band bölganda bu juda qöl keladi.

Daylight Mode - kunduzgi çiroq rejimi. Uşbu rejim zamonaviy texnologiya taklif etadigan avtomatik yorqinlikka qöşimça sifatida köçada ekranning yanada rangin körinişini ta'minlaydi. Atrof yorqinlik darajasini hisobga olib, G5 displey yorqinligini bir zumda 800 nitgaça köpaytiradi yoki kamaytiradi.

LĞdan birinçi modul tipidagi va  LG Playground imkoniyatlariga ega smartfoni

CAM Plus – universal kamera moduli hisoblanadi, xuddi alohida fotokamera singari qulay uşlaş va oson boşqariş uçun uni batareya bölmasi orqali ulaş mumkin. U odatda raqamli fotokameralarda böladigan işga tuşiriş/video yozib oliş va kiçiklaştiriş-kattalaştiriş tugmalariga ega. 

Bundan taşqari, modul 1,200 mAç siğimli qöşimça batareya bilan töldirilgan. Bu Sizga LG G5 kamerasi sifatidan foydalaniş qulayligidan töliq bahra oliş imkoniyatini yaratadi. 

360 CAM ikkita 13Mp 200 gradus kengburçakli kamera bilan boyitilgani evaziga 360 gradusli foto va videolarni suratga oliş imkonini beruvçi ixçam kameradir. Foydalanuvçilar 360 CAM orqali özlarining LG G5 telefonlarida 360 gradus kontentni osongina köra oladilar. 

V&O Play bilan töldirilgan Hi-Fi Plus LG moduli eng yuqori sifatli ovoz taralişini ta'minlaydi hamda B&O Play bilan hamkorlikda işlab çiqilgan Hi-Fi raqamli-analog özgartiruvçi innovatsion audiopleyer hisoblanadi.  Odatda bu imkoniyat faqatgina professional audio uskunalardagina mavjud bölgan. 

Ovoz jarangdorligini oşiruvçi 32-bit Hi-Fi DAC protsessori texnologiyasiga qöşimça sifatida modul yuqori 32-bit, 384 kGts çastotali ovoz taratiş imkoniga ega. 

Betakror dizayn hamda jozibador rang

Silliq, töliq metallik, çetlari himoya şişasi bilan qayrilgan – haqiqiy zamonaviy yangilik. LG metalldan yasalgan butun korpus hamda almaşadigan suriluvçan batareyalarni birlaştirişning uddasidan çiqa oldi. Smartfonning pastki qismi yengil ajraladi, keyin osongina batareyani oliş va töliq zaryadlangan analogiga almaştiriş mumkin. Uşbu yoqimli yangilik törtta: kumuşrang, kulrang, tillarang va puşti ranglarda taqdim etiladi. 

LG G5 smartfoni eng köngli nozik foydalanuvçilarning ham didiga mos kelişi aniq.