Meksika böğozidagi neft sizişi röy berdi va sizib çiqqan neft 337,8 ming kubometrdan ortiq maydonni qamradi. Bu haqda AQŞ qirğoq mudofaasi saytida xabar qilingan.

Aniqlik kiritilişiça, neft sizişi Luiziana ştati tarkibidagi Timbaler oroli janubidan 144,8 km masofada qayd etilgan.

Bu hodisa Royal Dutch Shell kompaniyasiga tegişli 4ta neft quduğini bir-biriga boğlovçi quvurda röy bergan.

«Bizga bu muammo bartaraf etilgani haqida xabar kelib tuşdi», — deya ma'lum qilingan harbiy xizmat xabarida.

Royal Dutch Shell xodimlari hodisa oqibatlarini bartaraf etişga kirişgan. Sohilböyi xizmati vertolyotlar orqali vaziyatni nazorat qilgan, hududga maxsus guruhlar yuborilgan.