"Yevrovideniye-2016" xalqaro musiqiy tanlovida ukrainalik qöşiqçi Jamala özining "1944" deb nomlangan qöşiği bilan ğolib böldi. Rossiyadan iştirok etgan qöşiqçi Sergey Lazarev "You Are the Only One" qöşiği bilan 3-örinni egalladi va tomoşabinlar ovoz berişida ğolib böldi.
2-örinni avstraliyalik Demi egalladi, u "Sound of Silence" qöşiğini ijro etdi.
Joriy yilda tanlovda ovoz beriş qoidasi sezilarli özgardi. Tanlov iştirokçilarini har bir davlatdan professional hakamlar va iştirokçilar baholaşdi. Avval jonli efirda professionallarning ovoz berişi e'lon qilindi, söngra ularning ballariga tomoşabinlar bergan ballar qöşildi.
Lazarevga bor-yöği 4 ta davlat: Ozarbayjon, Kipr, Belarus va gretsiyalik hakamlar maksimal 12 ball qöyişdi. Hakamlar ovoz berişi natijasiga köra Lazarev 5-örinni egalladi, 1-örinni Avstraliya vakili, 2-örinni esa ukrainalik qöşiqçi egalladi. Teletomoşabinlar Lazarevga maksimal 361 ball qöyişdi.
Natijada birinçi beş örin quyidagiça taqsimlandi:
Ukraina — 534 ball
Avstraliya — 511 ball
Rossiya — 491 ball
Bolgariya — 307 ball
Şvetsiya — 261 ball
Tanlov finalida Rossiya, Malta, Ozarbayjon, Armaniston, Avstriya, Kipr, Çexiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Vengriya, Latviya, Gruziya, Bolgariya, Avstraliya, Ukraina, Serbiya, Polşa, Isroil, Litva, Belgiya, Şvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya vakillari iştirok etişdi.
Jamalaning qöşiği Ikkinçi jahon uruşi vaqtida qrim tatarlarning deportatsiya qilinişiga bağişlangan bölib, unda siyosiy yaşirin ma'no borligiga gumon qilinib, tanlov boşlanguniga qadar köplab bahslarga sabab bölgandi.
Jamalani Ukraina prezidenti Petr Poroşenkoning şaxsan özi tabrikladi. "HA!!! Ajoyib ijro va ğalaba!. Butun Ukraina seni çin dildan tabriklaydi, Jamala!", deb yozdi Poroşenko tvitterda. Birozdan keyin "Jamalani şaxsan tabrikladim. Bugun uning ovozi bilan butun ukrain xalqi gapirdi. Haqiqat, har doimgidek, ğalaba qildi!", deb qöşimça qilib qöydi.
Jamala jaz, world music, ritm-n-blyuz, elektron musiqa va gospel yönalişlarida mualliflik musiqasini ijro etadi. Jamalaga maşhurlikni Yurmaladagi "Novaya volna-2009" yoş qöşiqçilar tanlovi keltirgan. Qöşiqçi bu tanlovning boş mukofotini qölga kiritgandi.







