Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçi 4-turida «Nasaf» safarda «Al-Kuvayt» (Kuvayt) bilan öynadi. Uşbu turnir nufuzi jihatidan Elit Osiyo Çempionlar Ligasidan keyingi örinda turadi.

4-noyabr kuni ötkazilgan A guruhi bahsi mehmonlar uçun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Birinçi bölimda «Al-Kuvayt» ketma-ket ikki bor gol urdi. «Nasaf» ikkinçi bölimda faollaşdi va Bobir Abduxoliqov (2) bilan Oybek Rustamov gollari evaziga ğalabani ilib ketdi.

«Nasaf» uşbu natijadan söng, 4 oçko bilan guruhda uçinçi örinni egallab turibdi. «Al-Kuvayt» 6 oçko bilan ikkinçi örinda.

«Nasaf» turnirdagi navbatdagi öyinini 25-noyabr kuni öz maydonida Bahraynning «Al-Xolidiya» klubiga qarşi ötkazadi.

Osiyo Çempionlar Ligasi 2 turnirida guruhda 1- va 2-örinni egallagan klublar pley-off bosqiçiga yöl oladi.

OÇL-2. A guruhi, 4-tur

4-noyabr, Kuvayt, Jobir Al-Muborak stadioni

AL-KUVAYT (Kuvayt) - NASAF (Özbekiston) 2:3

Gollar: Yosin Xenisiy (27), Muhammad Furayx (34) - Bobir Abdixoliqov (57, 67), Oybek Rustamov (81)

Boş hakam: Rasul Mammedov (Turkmaniston)

«Al-Kuvayt»: Ahmad Az-Zefiriy (Yusuf Nosir 83), Amoori, Muhammad Daham (Faysal Zayd 78), Ali Husayn, Muhammad Furayx (Rizo Honiy 78), Umar Gonsales, Muhammad Marhun, Yosin Xenisiy (Muhannad Al-Muhammad 64), Suod Alxuşan, Arsen Zola Kiaku, Abdulloh Al-Qarzaiy (Humud As-Sanusiy 64).

Boş murabbiy: Firas Al-Xatib (Suriya).

«Nasaf»: Abduvohid Neʼmatov, Alibek Davronov (Quvonçbek Xuşvaqtov 55), Akramjon Komilov (Dilşod Murtazayev 46), Adenis Şala (Yusuf Otubanjo 46), Zafarmurod Abdirahmatov, Bobir Abduxoliqov, Şarof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Murodbek Rahmatov, Abbosjon Ğulomov (Sardorbek Bahromov 46, Diyorbek Abdunazarov 78), Umarbek Eşmurodov.

Boş murabbiy: Röziqul Berdiev

Ogohlantirişlar: Umar Gonsales (41), Sardorbek Bahromov (54), Murodbek Rahmatov (74)