London şahrining sobiq meri Boris Jonson Yevropa Ittifoq rejalari va faşistik Germaniya dohiysi Adolf Hitler hamda fransuz imperatori Napoleon Bonapartning maqsadlari örtasida umumiylik körişini ma'lum qildi. U bu uç tomon ham Yevropani yagona mafkura va yagona boşqaruv ostida birlaştiriş maqsadini ifodalagani haqida gapirgan. Uning bu haqdagi sözlari Sunday Telegraph naşriga bergan intervyusida keltirilgan.
U şuningdek, tarixda ham rimliklar imperiyasi butun Yevropani bir bayroq ostida birlaştirişga harakat qilişganini eslatib ötgan.
"Breksit"ni (Britaniyaning YeI tarkibidan çiqişi böyiça ğoya) faol ravişda tarğib qiluvçi, Konservatorlar partiyasi namoyondasi bölgan Boris Jonson na Napoleon va na Hitler öz maqsadiga erişa olmagani haqida gapirgan. U Yevropa Ittifoqi ham ularniki kabi ğoyani boşqaça usullarda amalga oşiriş ekanini ta'kidlagan.
"Gap şundaki, yagona Yevropa ğoyasiga sadoqatlilik yetişmaydi va bu azaliy muammo. Barça hurmat qiladigan va qabul qiladigan yagona hokimiyatga erişib bölmaydi. Aynan şuning uçun, bu örinda demokratik vakuum yuzaga keladi", deydi "Breksit" taşabbuskorlari yetakçilaridan biri.
Muolifatdagi Leyboristlar partiyasi vakillaridan biri, "YeIda qoliş" kampaniyasi yetakçisi Ivett Kuper Boris Jonsonni "ğirrom öyin olib boriş"da ayblagan.
Uning sözlariga köra, Jonson Yevropada tinçlikni saqlab turişga xizmat qilayotgan institutni millionlab kişilarning yostiğini quritgan natsist diktaturasi bilan qiyoslaşi töğri emas.
Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişi masalasi hal etiladigan umumxalq referendumi 23 iyun kuniga belgilangan. Unda saylovçilar YeI tarkibidan çiqiş yoki YeIda qoliş uçun ovoz berişadi.







