Siemens kompaniyasi kiçik ustaxonadan to transmilliy konserngaça uzoq yöl bosib ötganligi bilan maşhur. Bu har doim ham oson bölmagan, öz vaqtida korxona taşkilotçilari köp ayblovlar hamda boşqa qiyinçiliklarni boşdan keçirişgan.

Siemens'ning yaratilişi

1847 yilning kuzida Verner fon Simens va Iogann Georg Halske "Siemens & Halske" deb nomlangan firmaga asos solişadi. Bu Morze alifbosining ajoyib muqobilini taklif etgan elektrotelegraf korxona bölgan. 

Dunyodagi ilk elektron lift va trolleybuslar

Varner elektrotexnika rivojiga qöşgan hissasi tufayli nom qozongan. IX asrning 80-yillarida u dunyodagi birinçi liftni yaratdi. Verner şuningdek trolleybus ixtiroçisi hamdir. Kompaniyaning ikkinçi asosçisi Iogan Georg Halske nemis mexanigi bölgan. Kompaniya oçilgunga qadar u Berlinda öz ustaxonasiga ega bölgan. Halske elektrojihozlar qurilişi va loyihalaştirilişida faol qatnaşgan. 1867 yilda u Simens bilan qaraşlari töğri kelmagani bois kompaniyani tark etadi va özini şahar ma'muriyati işlariga bağişlaydi. 

Rossiyadagi telegraf tarmoği

1848 yilda Siemens Yevropada birinçi xalqaro telegraf tarmoğini barpo etadi. Ikki yildan söng Vernerning kiçik ukasi Karl Simens ingliz poytaxtida uşbu firma işlarini yölga qöyadi. 50-yillarda esa telegraf tarmoği Rossiyada ham qurildi. 
Kompaniya elektrostansiya va transport turlari uçun elektrotexnik uskunaga buyurtma oladi. 

Elektropoyezdlardan tortib to konslagerlardagi  lampoçkalargaça

Simens kompaniyasi öz e'tiborini lampa va elektropoyezdlarga qaratib, ösiş va rivojlanişda davom etdi. 1903 yilga kelib kompaniya Germaniya imperiyasida xodimlari soniga köra kattaligi böyiça yettinçi öringa çiqdi. Bir neça yil ötib lampoçka ixtiro qilindi. 20- va 30-yillarda televizorlar, radiopriyomniklar va elektron mikroskoplarga navbat keldi. 

Ikkinçi jahon uruşining sönggi yillarida Berlinning köplab zavod va fabrikalari havodan hujumga uçraydi. Şu munosabat bilan kompaniya boşqa xavfsizroq joyga köçib ötadi. Bu muhim tovarlarning uzluksiz işlab çiqarilişini ta'minladi. 1944 yilning oxiri 1945 yilning boşlarida Simensning deyarli 400ta zavodi faoliyat körsatardi.