Jahon | 09:48 / 16.05.2016
7467
2 daqiqa o‘qiladi

Basketbol bo‘yicha Yevroligada ruslar turklarni yengach, Turkiyada Rossiyaning yana bir samolyotini urib tushirish istagi bildirildi

Basketbol bo‘yicha Yevroliga turniri finalida Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi Moskvaning TsSKA jamoasidan overtaymda 96:101 hisobida yengilgach, Turkiya parlamenti deputati Samil Tayyor rossiyaliklarning yana bir samolyoti urib tushirilishini istashi haqida aytdi.

«Ruslarning yana bir samolyoti urib tushirilishini istayman!» — deya Tayyorning so‘zlarini keltiradi RT nashri.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning noyabrida Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarga jalb etilgan Su-24 rusumli harbiy bombardimonchi samolyoti Turkiya chegarasiga xavfli darajada (4 km) yaqinlashgani uchun turkiyalik chegarachilar tomonidan urib tushirildi. Anqara tomoni Su-24 samolyoti o‘z hududiga kirib kelgani uchun shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lganini iddao qilgan. Rossiya bosh shtabi hamda Suriya tomoni ham bu ma'lumotni rad etgan. Samolyot uchuvchilari katapulta qilingan, ulardan biri samolyot halokat uchragan hududdagi turkman jangchilari tomonidan havodaligidayoq otib tashlangan. Ikkinchisini suriyalik harbiylar hududdan qutqarib olib chiqib ketishga va Xmeymim bazasiga yetkazishga muvaffaq bo‘lishgan.

Bu voqeani Rossiya prezidenti Vladimir Putin "ortdan zarba berish" deya baholadi va shundan so‘ng Rossiya va Turkiya munosabatlari keskin yomonlashdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish