NVIDIA protsessorlari asosida ixçam kompyuterlar, video kartalar yaratuvçi Zotac International kompaniyasi yangi ZBOX Mini PC miniatyura kompyuterlarini taqdim etdi. Kompyuter xuddi katta fleşka şaklida bölib, uning içiga ikki qurilma joylaştirilgan: passiv sovutiş tizimli PI221 va faol sovutuvçi PI220 (SmartFan ventilyatori körinişida).
Mitti kompyuterda Intel Atom x5-Z8300 (Cherry Trail) tört yadroli 14-nm protsessori, 2 GBli DDR3L-RS1600 operativ xotira, 32 GB fleş-karta, Ethernet (100 Mbit/s) porti, simsiz Wi-Fi (802.11ac) moduli, Bluetooth 4.0, USB 3.0 va HDMI ulagiçi hamda microSD kartalari uçun joy örnatilgan. Yangi qurilma Windows 10 Home operatsion tizimi boşqaruvi ostida işlaydi. ZBOX Mini PC kompyuterining narxi va qaçon sotuvga çiqişi hozirça ma'lum emas.











