Olimlar bir neça milliard yil avval Yer bilan töqnaşgan ulkan asteroidning izlarini topişga muvaffaq bölişdi. Bu töqnaşuv vayronkor zilzila va sunamilarga sabab bölişi kerak edi. Tadqiqot haqidagi maqola Precambrian Research'da naşr etilgan.

Avstraliyaning şimoli-ğarbiy qismida topilgan mitti şişa pufakçalar asteroidning qulaşidan dalolat beradi. Olimlarning fikriça, ular asteroid qulagan paytda biror moddaning buğlanişi natijasida hosil bölgan.

"Zarbning kuçidan modda sayyora uzra soçilib ketgan. Bunday körinişdagi pufaklar dengiz tubida topilib, ularning yoşi 3,46 milliard yil qilib belgilandi", - deya izoh beradi Avstraliya milliy universiteti olimi doktor Endryu Glikson. 

Bu asteroid qadimiyligi böyiça Yer bilan töqnaşgan ikkinçi eng katta asteroid ekani taxmin qilinmoqda.

"U paytda hosil bölgan har qanday krater vulqonlar faolligi va litosfera plitalarining harakati sabab yakson qilingan", - deydi olim. 

Uning ehtimoliga köra, insoniyat bunday töqnaşuvlarning kiçik bir qisminigina biladi. 

Doktor Gliksonning sözlariga köra, 2,5 milliard yoşdan katta bölgan 17ta asteroidning qulaganiga dalillar topilgan.