Apple aksessuarlari har doim ham yuqori sifat va munosib bahoga ega bölmaydi. Masalan, kompaniya qurilmalari uçun original kabellar juda tez işdan çiqadi. Bugun biz ziyon yetgan simni qanday qutqariş va şu bilan birga mablağ tejaş mumkinligi töğrisida söz yuritamiz.
Bugun biz ingiçka Lightning hajmli iPhone simlariga töxtalamiz. Ma'lumki, ular har doim ham uzoq va sifatli ixzmat körsatmaydi. Afsuski, kompaniyaning Kupertinodan keluvçi qurilmasiga original bölmagan aksessuarlarni qöllaşdan himoya kiritilgan, şu bois simni saqlab qoliş - asosiy vazifa.

Ta'mirlaş uçun unga mos keluvçi diametrdagi eng oddiy issiqlik ta'sirida ziçlaştirilgan trubaalardan foydalaniş mumkin.
Issiqlik ta'sirida ziçlaştirilgan trubalar - bu simlar va boşqa elektron narsalar izolyatsiyasi uçun içki diametri 1dan 110millimetrgaça bölgan ingiçka plastik trubalar. Issiqlik yuborilganda (zarur harorat 70dan 110 darajagaça bölgan haroratni taşkil qiladi), truba taxminan ikki marta siqiladi. Isigandan keyin termoziçlaşgan truba original simning barça çiziqlarini töliq qaytaradi. U uzilişlarsiz imkon qadar mustahkam örnaşadi, diametrni qançalik töğri möljallasa, şunçalik mahkam biriktiriladi.
Suratda 6 millimetr diametrli termoziçlaşgan truba körsatilgan.

Kerakli uzunlikdagi truba bölagini kesib olamiz (ya'ni simning boşlangan joyidan to izolyatsiyaga ziyon yetgan joyigaça 1 santimetr zaxirasi bilan). Trubani ehtiyotkorlik bilan ulagiçga kiydiramiz, qöl va izolenta bilan mahkamlaymiz.
Şundan söng istalgan issiq predmet ustida isitamiz: elektrik konforka yoki gaz plitasi va h.k. Ehtiyot böling: termoziçlaşgan material xuddi sim kabi yuqori haroratni va oçiq olovni yoqtirmaydi. Olovdan kötarilayotgan issiq haroratning özi yetarli. Natijada qayta ta'mirlangan kabelga ega bölamiz.










