Hollivud aktyori, Kaliforniya ştatining sobiq gubernatori Arnold Şvartsenegger öğlining bitiruv oqşomida sobiq turmuş örtoği Mariya Şrayver bilan birga keldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Patrik Şvartsenegger Janubiy Kaliforniya Universitetini tamomladi. 22 yoşli bitiruvçini qöllab-quvvatlaş uçun uning otasi ham, onasi ham taşrif buyurdi. Marosimdan söng ular birga suratga tuşdilar.

“Şu ikki yaqinimsiz men heç narsaga erişolmasdim. Sizlarga hammasi uçun rahmat. Ikkalangizni ham yaxşi köraman”, - yozib qöydi aktyor öz instagram sahifasida, suratlardan biriga izoh berar ekan.
68 yoşli Şvartsenegger haqiqiy erkak bölib voyaga yetgan öğli bilan ğururlanişini bildirdi.
Şvartsenegger va Şrayverning tört farzandi bor. Juftlik 2011 yili – aktyor nikohdan taşqarida bolasi borligini ma'lum qilgandan keyin ajraşgan. Taxminlarga köra, er-xotin ajrim işlarini hamon yakunlamagan.









