Toşkent şahrining Uçtepa tumani fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş (FHDYo) bölimining yangi binosi oçildi.
UzA bergan xabarga köra, yangi binoni bunyod etiş uçun 907 million sömdan ortiq mablağ sarflangan.
Bino zamonaviy texnologiyalar, zarur anjomlar bilan jihozlangan, nikohlarni tantanali ravişda qayd etiş uçun şaroitlar yaratilgan.
"Yangi binoda yaratilgan qulayliklar xalqimizga malakali va sifatli yuridik yordam körsatişga töla imkon beradi. Har bir fuqaroning tuğilişi, oila qurişi, farzand körişi kabi holatlarni qonuniy rasmiylaştiriş, hujjatlar arxivini tegişli tartibda yuritiş uçun barça şaroit mavjud. “Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida huquqiy-ma'rifiy tadbirlar kölamini kengaytiriş, ”Yoş oila quruvçilar maktabi”, “Oila dorilfununi” maşğulotlari mundarijasini yanada boyitiş, ularni körgazmali, interfaol usullar asosida ötkaziş borasidagi rejalarimizni amalga oşirişga yanada keng yöl oçildi", deydi Uçtepa tuman FHDYo bölimi mudiri Nozima Abdusalomova.







