Avstraliyaning Jilong şahrida (Viktoriya ştati) 18 mayga ötar keçasi şaharning asosiy masjidida kuçli yonğin röy berdi. Bu haqda AVS xabar tarqatgan.
Yonğin tufayli masjid binosi jiddiy zararlangan, uning tomi butunlay yonib ketgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, yonğin tufayli halok bölganlar va jarohatlanganlar yöq. Mahalliy öt öçiriş xizmati rahbari Mark Sinkinsonning ma'lumotiga köra, öt öçiriş xizmati voqea joyiga yetib kelganida yonğin bino böylab tarqalib bölgandi.
"Biz bino qulab tuşişidan qörqib içkariga kira olmadik. Şu tufayli ötni öçiriş işlari taşqarida turib amalga oşirildi", degan u.
Masjid yaqinida yaşovçi kişilarning guvohlik berişiça, yonğindan oldin hududda kuçli portlaş ovozi eşitilgan.
"Ayni vaqtda bu yonğinning kelib çiqişi şubha uyğotmoqda. Viktoriya ştati politsiyasi bilan hamkorlikda tekşiruvlar ötkazamiz", deya qayd etgan Sinkinson.
Jilong şahri Melburnga yondoş joylaşgan şahar bölib, bu şaharda 185 ming kişi istiqomat qiladi.







