Şimoliy Koreyaning yangi taşqi işlar vaziri etib Li Yon Xo tayinlandi. Li Yon Xo yaqin ötmişda Şimoliy Koreyaning yadroviy dasturi böyiça boş muzokaraçisi va Buyuk Britaniyadagi sobiq elçisi bölgan. Bu haqda 17 mayda ma'lum qilindi.
Yangi taşqi işlar vaziri tayinlangani Şimoliy Koreya tomonidan Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirligiga jönatilgan rasmiy xabarnomada aytilgan. Li Yon Xo avval Şimoliy Koreya taşqi işlar vaziri örinbosari lavozimini egallagan, mamlakatni Şimoliy Koreya yadroviy dasturi böyiça olti tomonlama muzokaralarda taqdim qilgan, 1990-yillarda AQŞ bilan muzokaralarda iştirok etgan.
Britaniya taşqi işlar vazirligiga yuborilgan hujjatda endilikda sobiq taşqi işlar vaziri Ri Su Yon egallagan yangi lavozimi haqida heç narsa deyilmagan.
Ba'zi tahlilçilarning fikriça, taşqi işlar vazirining almaştirilişi Pxenyanning xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlarni normallaştirişga urinişi bilan boğlangan bölişi mumkin. Şimoliy Koreya tomonidan yadroviy sinovlar ötkazilişi, bir neçta raketalar uçirişi unga nisbatan BMT va bir qator davlatlar tomonidan yangi keskin sanksiyalar kiritilişiga olib keldi.







