"Oskar" mukofoti sohibi, amerikalik aktyor Tom Xenks Şarafli legion ordeniga ega böladi, deya xabar beradi People.

Bu Fransiyaning eng yuksak mukofotlaridan biri hisoblanadi. Mukofotni topşiriş marosimi 20 may kuni Parijda bölib ötadi. 

Xenks bilan bir qatorda bu mukofot teleboşlovçi va jurnalist Tom Brokau hamda Ikkinçi jahon uruşi milliy muzeyi rahbari Gordon Myullerga ham topşiriladi. 

Ularning uçovi ham Ikkinçi jahon uruşi haqida xotiralar saqlanib qolişi yölidan qilgan mehnatlari evaziga Şarafli legion mukofotiga loyiq deb topilişdi. 

Mukofot topşirilgandan söng Parijdagi AQŞ elçixonasida qabul marosimi ötkaziladi. 

Xenks "Askar Rayanni qutqariş" nomli harbiy dramada suratga tuşgan va şu bilan birga Ikkinçi jahon uruşiga bağişlangan "Quroldoşlar" hamda "Tinç ummon" seriallariga prodyuserlik qilgan. 

Harris Poll sörovnomasiga köra, Tom  Xenks 2002, 2004, 2005, 2013 va 2015 yillarda AQŞning eng sevimli kinoyulduzi deb tan olingan.