Dirham birinçi marta 1973 yilning 19 mayida, Birlaşgan Arab Amirligi taşkil topgan kundan 534 kun ötib joriy qilingan.
Şu munosabat bilan bugun e'tiboringizga bir dirhamga sotib oliş mumkin bölgan mahsulotlar röyxatini havola etamiz.
1. Konus muzqaymoği
BAA yil böyi quyoş qizdirib turadigan mamlakat, şu bois bunday makonda muzqaymoqdan yaxşi narsa bormi?!
2. Çipslar
Bu foydali iste'mol mahsuloti emasligini yaxşi bilamiz, lekin ular kutilmagan vaziyatlarda qöl keladi.

3. Idişlardagi suv
U issiq kunda çanqoqni qoldiriş uçun hayotiy muhim bölgan manbalardan biri.
4. Karamel
U şirinlikni sevuvçilar uçun olam-olam huzur bağişlaydi.

5. Mevali yogurt
Şirin, ammo foydali narsa yegingiz kelyaptimi? Unda mevali yogurtlar siz uçun ajoyib tuhfa.
6. Çoki-çoki şokoladi
Bir dirhamga sotib oliş mumkin bölgan BAAdagi maşhur şokolad.
7. Mevali şarbat
Agar siz çanqasangiz-u, suv çanqoğingizni bosa olmasa, u holda mevali şarbatlar sizni tetiklaştirişga yordam beradi.

8. Meva va sabzavotlar
Agar töğri ovqatlaniş tarafdori bölsangiz, olma, banan kabi mevalar yoki bodring va karam kabi sabzavotlar siz uçun ayni muddao.
9. Somsa
Kim bunday mazali yegulikdan voz keça oladi? BAAda uçburçak şakldagi somsalar içidagi qiyma tarkibi turliça bölişi mumkin. Özingizga ma'qul keladiganini tanlang va çoy bilan maza qilib iste'mol qiling.
10. Falafel
Sevimli narsaga qarşi çiqiş qiyin. Şunday ekan, Deyr nohiyasida bir dirhamga 2 falafel topiş muammo emas.
11. Paraza
Bu BAAdagi qatlama nondir.
12. Çoy
Issiq şirin çoyga nima yetsin!

13. Çupa-çups
Kim şirin konfetlarni yaxşi köradi? Bu kiçkinagina şirinlik har qanday bulutli havoda dilni yoritadi.
14. Pufak saqiçlar
Pufak saqiçlarni çaynaşni istasangiz, bir dirham bersangiz, kifoya! Uşbu rang-barang saqiçlar sotuvçi maskan bolalarning sevimli joyiga aylangan.
15. Savat
Aksariyat supermarketlarda bir dirham evaziga mahsulotlarni soladigan katta savat beriladi.
16. Ruçka/Qalam
Bu bölimda bolalar özlariga kerakli bölgan yozuv qurolini bir dirham evaziga olişlari mumkin.
17. Yuz salfetkalari
Har kuni qandaydir muammo yuzaga kelişi mumkin, agar sizda yuz salfetkalari bölsa, hamma narsaning uddasidan çiqa olişingizni yaxşi bilasiz.
18. Kökatlar
Bu har qanday taomga xuşböy ta'm bağişlovçi sirli ötlar. Ularning bir boği bir dirhamdan kam qiymatda sotiladi.
19. Laban
Issiqni haydovçi eng yaxşi içimlik. Laban BAA aholisining eng sevimli içimligi, uning narxi ham bir dirhamdan kam.
20. Xayriya
Oxirgisi, ammo uning ham ahamiyati katta. Bu yerda siz Qizil yarimoy jamiyatiga xayriya sifatida dirham ulaşişingiz mumkin.







