Yevropa rasmiylari Hongkongning (Hong Kong) Hatçison kompaniyasi tomonidan Britaniyaning O2 mobil operatorini xarid qilişiga ruxsat bermadi. 

Osiyoning eng badavlat kişilaridan biri Li Ka Şingga qaraşli CK Hutchison konglomerati O2 mobil operatorini Buyuk Britaniyadagi öziga qaraşli boşqa 3ta mobil operator bilan birlaştirib, bozordagi eng yirik aloqa operatorini taşkil etmoqçi edi. U, maqsadini amalga oşirişi uçun ötgan yilning mart oyida Ispaniyaning Telefonica kompaniyasiga 10,25 mlrd funt sterling (14,8 mlrd dollar) taklif etgandi. 
 
Ammo, mazkur bitimni örganib çiqqan Yevropa Komissiyasi, kelişuv raqobatni susaytirib, iste'molçilar uçun baland narxlar belgilanişiga olib kelişi mumkin, degan xulosaga kelgan. U Yevropa mobil aloqa bozoridagi asosiy öyinçilarni 4tadan 3taga qisqartirar edi.