Euromonitor International ötkazgan tadqiqotlar natijasiga köra, Özbekistonning aksariyat aholisi çoyni ma'qul köradi. Bu haqda The Independent xabar bergan.

Özbekiston aholisining 99,6 foizi çoyni tanlaydi, Gvatemalada esa 99,6 foiz aholi doimiy ravişda qahva içadi. 

Uşbu ma'lumotlar "Çoy yoki qahva? Qaysi mamlakat nimani tanlaydi?" tadqiqotidan olingan. 

Çoyni sevib iste'mol qiluvçi mamlakatlar qatoriga Özbekistondan taşqari yana Keniya (99,2 foiz), Ozarbayjon (99,1 foiz), Pokiston (99 foiz), Xitoy (98,9 foiz) va Misr (98,5 foiz) davlatlari kirgan. 

Qahvani sevib iste'mol qiluvçi davlatlar qatoridan esa Dominikan Respublikasi (99 foiz), Braziliya va Ekvador (97,4 foiz), Gretsiya (96,8 foiz), şuningdek Daniya (92,2 foiz) örin olgan. 

Rossiyada 77,5 foiz aholi çoyni tanlagan, 22,5 foizi esa - qahvani. Buyuk Britaniyada çoysevarlar Rossiyadagidan köproq bölib, ular aholining 78,4 foizini taşkil etadi. Estoniya va Polşada çoy va qahvasevarlar teng taqsimlangan.