"Frants-Iosifning Yerdan çiqindilarni yiğib oliş işlari iyul oyida boşlanadi", - dedi tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Sergey Donskoy RIA “Novosti”ga bergan intervyusida.
"Bu yil Frants-Iosifning Yer arxipelagi orollarini tozalaş işlarini davom ettiriş rejalaştirilmoqda. Bu iş taxminan iyulning ilk kunlaridan boşlanadi", - dedi Donskoy.
Uning sözlariga köra, barça qiyinçiliklarga qaramay Arktika hududini tozalaş vazirlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, şu munosabat bilan beş yil avval Rossiya prezidenti topşiriği asosida muvaffaqiyatli boşlangan jarayon töxtab qolmasligi uçun astoyidil harakat qilinmoqda.
"Bu yil vazirlik tomonidan töplanib qolgan ekologik zararni bartaraf etişda mintaqalarga subsidiya taqsimlaş mexanizmi işlab çiqildi. Uşbu moliyaviy instrument közlangan maqsadlarni işonçli amalga oşirişni ta'minlaydi. Hozirda hujjat muvofiqlaştirilmoqda, şundan söng u Rossiya hukumatida yölga qöyiladi", - qöşimça qildi Donskoy.
Vazirning yodga solişiça, 2012 yildan beri Aleksandra, Guker, Xeys, Gofman va Grem-Bell yerining ifloslangan orollarida tozalaş işlari olib borilmoqda. 2012-2015 yilda amalga oşirilgan işlar natijasiga köra, çiqindilar hajmi 35 ming tonnaga qisqargan.







