Qirğiziston Orolni qutqariş Xalqaro jamğarmasi (OQXJ) faoliyatida öz iştirokini “muzlatib” qöydi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi sayti ma'lumotiga tayanib 24.kg xabar qildi.
Manbaga köra, Qirğiziston Respublikasi Taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Dinara Kemelova Yevropa Ittifoqi – Örta Osiyo yuqori darajali Muloqotda iştirok etdi. Uçraşuvda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari taşqi işlar vazir örinbosarlari yiğildi.
Ma'lumotlar böyiça, Dinara Kemalova Markaziy Osiyoda suv-energetika hamkorligi muammolariga, jumladan, Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi faoliyatiga e'tibor qaratdi. Uningça, jamğarma mintaqaning alohida davlatlarida suvdan foydalaniş va ehtiyoj gidroenergetik aspektlarini inobatga olmaydi. Qirğiziston tomonidan taklif etilgan islohotlar OQXJ tomonidan bir neça bor amalga oşirilmagan. Şuning uçun Qirğiziston OQXJ va uning bölinmalari faoliyatida öz iştirokini muzlatişga qaror qildi.







