Rossiyaning Mirrowcars dizaynerlik kompaniyasi yuk bilan birga 4 nafar kişini olib yurişga möljallangan yangi şahar mini-avtomobili ğoyasini taqdim etdi.

Provocator sitikari kuzovini qayta işlangan polimerdan tayyorlaş tavsiya etilmoqda. Maşina uzunligi böyiça esa Smart ForTwo modelidan oşmaydi. Mini-avtoning ölçovlari quyidagiça: uzunlik - 269.5 sm, oynalarsiz kengligi - 198 sm, salondagi şiftning balandligi - 180 sm.

Yölovçilarni qulay va tiqilinç bölmagan holda joylaşişi uçun aviatsion prinsipidagi salon rejasi taklif qilingan bölib, unda örindiqlar ötiş yölagidan ikki çetda joylaşgan. Salonga faqatgina orqa tomondagi töliq oçiluvçi eşikdan kiriladi. Yon tomonda ham eşiklar mavjud bölib, biroq ulardan faqat avariya holatida maşinadan evakuatsiya qilişda foydalaniladi.

Mirrow Provocator’ga 1,5 litr hajmdagi uç silindrli dizel motori yoki turbo benzinini örnatiş rejalaştirilgan. Bu esa 8,7 soniyadan kam bölmagan vaqt içida 0 dan 100 km/soatgaça bölgan tezlanişni ta'minlab bera oladi. 

Şuningdek, sitikarning gibrid va elektron talqinlarini ham yaratiş közda tutilgan. Harakatlanişning maksimal tezligi  140 km/soat körsatkiçi bilan çeklangan böladi. Mazkur mini-avtomobildan şaxsiy maşina yoki taşkilotlar uçun pullik transfer xizmati sifatida foydalaniş mumkin. Yangi ixtironing çakana narxi - 3500- 4500 yevro atrofida.