Xonanda Saida özining Instagram sahifasiga Farğonadagi voyaga yetmagan bolalarga spirtli içimlik va sigareta mahsulotlari sotayotgan dökonda tasvirga olingan videoni joylaştirdi.
Mazkur video “Kamolot” YoIH tomonidan taşkil etilgan “Vijdonli sotuvçi” aksiyasi çoğida tasvirga olingan.
“Biz 18 yoşga tölmagan bolalarga sigaret va spirtli mahsulotlar sotayotgan dökonga kiryapmiz. Sotuvçi bilan suhbatlaşyapmiz. Tasavvur qiling, agar bu bola uning farzandi bölsa, bu sotuvçi öz farzandi yoki nabirasiga spirtli mahsulotni sotgan bölarmidi?”, - deb yozadi bolalar kelajagidan xavotir olgan xonanda.
Bu video Instagram’da katta mulohazalarga sabab böldi. Tarmoq foydalanuvçilari xonandaning fikriga qöşilib, mazkur aksiyaning jamiyat hayotida neçoğlik ahamiyatli ekanligini qayd etişmoqda.







