Iqtisodçi avvalo çuqur bilim va tafakkurga, amaliyotda esa öziga xos mahoratga ega bölişi lozim.
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida bölğusi iqtisodçilarga soha sirlari qançalik mukammal örgatilayotgani fan olimpiadalari, turli tanlovlarda öz ifodasini topmoqda.
Şu yil 16-17 may kunlari respublika oliy ta'lim muassasalari talabalari örtasida “Özbekiston iqtisodiyoti” fanidan ötkazilgan olimpiadada Özbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqiç talabasi Şohzod Hamdamboyev 1-örinni egalladi.
– Talabalarimiz avvalo fan sirlarini mukammal egallaşlari uçun fakultetimizda barça imkoniyatlar yaratilgan. Ona tilimizda iqtisodiyotga oid qator darsliklar, öquv qöllanmalar va ularning elektron manbalaridan istalgança foydalaniş mumkin,– deydi olimpiada ğolibi bölgan talaba ilmiy rahbari, Makroiqtisodiyot kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Abdurahim Vahobov.– Şunga yaraşa iqtidorli talabalarimizning intellektual salohiyatlari oşib borayotgani barçamizda umid uyğotadi.
ÖzMU Axborot xizmatidan xabar berişlariça, Olimpiada natijalariga köra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toşkent moliya instituti talabalari 2-3-örinlarga munosib körildilar.
Şuningdek, 11-12 may kunlari Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida, 13-14 mayda Toşkent moliya institutida “Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot” hamda “Moliya va kredit” fanlaridan ötkazilgan respublika fan olimpiadalarida Özbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-kurs talabalari Muqaddamxon Saidrasulova va Suhrob Şaripovlar faxrli 3-örinni egalladilar.






