Vaşingtondagi Oq uy uning yonida otişma ovozlari eşitilgandan keyin örab olindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Bu payt AQŞ prezidenti Endryus aviabazasida bölgan.

CNN telekanaliga huquq-tartibot muassasalaridagi manbaning ma'lum qilişiça, Maxfiy xizmat xodimlari nazorat-ötkaziş punkti yonida qölida quroli bölgan erkakni öqqa tutişgan. Erkak qorin sohasidan jarohat olgan va mahalliy şifoxonaga oğir ahvolda yetkazilgan.

Şu sababli Oq uyda maxsus xavfsizlik tartibi kiritilgan, binodan çiqiş vaqtinçalik töxtatilgan. Biroq birozdan keyin barça çeklovlar olingan.

Oq uy hududiga kirişga urinişlar muntazam sodir etib turiladi. Bunday holatlardan şov-şuvlisi 2014 yil sentabrda yuz bergan. Iroqdagi uruş faxriysi Oq uy panjarasidan sakrab ötib, qölga olingunça Oq uy içiga kirişga muvaffaq bölgan. Uning avtomobili tintuv qilinganda ikkita bolta, maçete (uzun piçoq) va 800 ta patron aniqlangan.   

Şu voqeadan keyin öşa vaqtdagi Maxfiy xizmat rahbari Juliya Pirson iste'foga ketgan, xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan.

Qonun çiqaruvçilar Oq uyga noqonuniy kiriş holatlarining oldini oliş uçun uning perimetri böyiça ariq qazişni bir neça bor taklif qilişgan.