Isroilning  Taga bikes kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan bolalar aravaçasiga ega velosipedning yangi talqini Kickstarter’da kutilmagan muvaffaqiyatga erişdi – bor-yöği bir neça kun içida bu ixtiro million dollardan ortiq investitsiya töplay oldi. Taga 2.0 mualliflari velosiped oilalar va bolalarga yoqişi uçun astoydil harakat qilişgan. Uç ğildirakli model tezda yiğiladi va maşina yukxonasiga ham siğişi mumkin. Aravaça içida ikkita bola uçun örin mavjud, şuningdek, bu belançakdan haridlarni olib yuriş uçun foydalanasa ham böladi. Faqat joylaştiriladigan yuklarning maksimal oğirligi 70 kilogrammdan oşmasligi kerak. 

Işlab çiqaruvçilar alohida narxga sotib olsa böladigan  maxsus aksessuarlarning keng töplamini ham taqdim etişmoqda. Masalan, bolalarni quyoş va yomğirdan himoya qiluvçi katta çoyşab, butilka, çaşka, smartfon va boşqa buyumlar uçun universal tutqiç, yoş bolalar uçun xavfsizlik kamariga ega  avtomobil kreslosi, modulli yiğma bolalar örindiği va boşqa köplab jihozlar. 

Taga 2.0 klassik talqinini avvaldan buyurtma beriş orqali 649 dollarga sotib oliş mumkin. Elektron talqindagi velosiped narxi esa 1199 dollar qilib belgilangan.