Sitsiliyaning Kaltanissetta provinsiyasi politsiya rahbariga uning xodimlari kundan-kunga köproq şikoyat bilan murojaat qilmoqda. Bunga ularning ingliz tilini yetarli darajada bilmasliklari tufayli öz işlarini samarali bajara olmayotganlari sabab bölmoqda.
Markaziy Sitsiliya toğlarida joylaşgan şaharga har yili minglab xorijlik sayyohlar taşrif buyuradi, şuningdek, behisob qoçqinlar ham keladi.
Biroq mahalliy politsiya vakillari ingliz tilini yetarli darajada bilmagani tufayli ularga zarur kömak körsata olmaydi.
Politsiya rahbari yordam sörab şahar meri Jovanni Ruvologa murojaat qildi. U esa masalaga juda oddiy yeçim topdi. Endi zarur bilim darajasiga ega yoki öz yurtida öqituvçi bölib işlagan qoçqinlar politsiya ofitserlaridan 74 nafariga 30 soatlik ingliz tili maşğulotlari ötkazadi.
Kaltanissetta merining fikriça, bu nafaqat mahalliy politsiyaçilarning til bilan boğliq muammosini hal etadi, balki Italiyada boşpana izlayotgan qoçqinlarning jamiyatga singib ketişida ham yordam beradi.







