«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Lui van Gaal jurnalistning öz kelajagi böyiça söragan savoliga javob qaytarişni istamadi.

«Yöq, yöq, barçasi tugadi», – degan van Gaal mehmonxonadan çiqişi vaqtida özini töxtatgan Sky Sports muxbiriga.

Eslatib ötamiz, van Gaal «MYu»ni 2014 yildan buyon boşqarib kelmoqda. Keça klub uning boşqaruvida 12 yildan buyon ilk marta Angliya Kubogida ğolib bölgandi.

Bundan oldinroq, «Mançester Yunayted» duşanba kuni van Gaalni işdan böşatişi, seşanba kuni esa jamoaga «Çelsi»dan ketganidan buyon işsiz yurgan Joze Mourino yangi boş murabbiy sifatida tayinlanişi haqida xabar berilgandi.