Özbekiston Respublikasi Senati tomonidan tasdiqlangan “2016 yilda iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturi” doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida 2016 yilning 22-23 may kunlari “Yoşlar ijod saroyi”da “Böş iş örinlari yarmarkasi” bölib ötmoqda.
Mehnat yarmarkasi Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, şahar hokimligi, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi, Toşkent şahar IIBB va “Kamolot” YoIH hamkorligida ötkazilmoqda.
Yarmarkaning oçiliş marosimida nutq sözlagan Mehnat vaziri A. Abduxakimov, 2 kun davom etadigan mazkur yarmarkada Toşkent şahrining muvoffaqiyatli faoliyat yuritayotgan 400dan ortiq korxona va taşkilotlari özlarining 6000ga yaqin böş (vakant) iş örinlari bilan iştirok etişi xaqida aytib ötdi. Taklif etiladigan iş örinlarining aksariyat qismida oylik iş haqi 700 ming sömdan ortiq bölib, ayrim mutaxassisliklar böyiça 1,3-1,5 mln. sömni taşkil etadi.

Şuningdek, Toşkent şahridagi tijorat banklarining 60dan ziyod filiallari özlarining tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida bölgan fuqarolar uçun tayyorlangan sodda va qulay biznes rejalari hamda imtiyozli kredit paketlari bilan qatnaşadi.

Eng e'tiborlisi şundaki, tijorat banklari tomonidan biznes yönalişida, ayniqsa kollejni bittirganiga 3 yildan oşmagan yoşlarga 1,5 yil muddatga 6,5 mln sömgaça bölgan miqdorda beriladigan va garov talab etilmaydigan 3 foizli mikrokreditlar albatta köpçilikning qiziqişiga sazovor böladi. Şu bilan birga, 3 yil muddatga 26 mln sömgaça yillik 9 foizli kreditlarni oliş imkoniyatlaridan ham foydalaniş mumkin.
Anjumanda qatnaşayotgan tijorat banklaridan bu masalada barça batafsil ma'lumotlarni oliş uçun yaxşi imkoniyatlar yaratib berildi.
Tadbirda yiğilganlar birgina 2015 yilda Özbekistonda 980 mingdan ortiq iş örni taşkil qilingan bölib, şuning 60 foizdan ziyodi qişloq joylarda yaratilgani, kollejlarning 480 mingdan ortiq bitiruvçisi iş bilan ta'minlaniga alohida urğu berişdi.
Yarmarkada vakant iş örinlariga ega korxona va taşkilotlar öz faoliyati haqida batafsil ma'lumot beruvçi körgazmali stendlari, tarqatma materiallarini iştirokçilar e'tiboriga havola etişdi.












