Yangi tadqiqot natijasiga köra, oylikdan oylikkaça yaşaş insonning aqliy salohiyatini pasaytirar ekan. Tört yil davomida olimlar işsizlik va oğir moddiy qiyinçiliklar odamlarning aqliy qobiliyatiga qanday ta'sir körsatişini örgandi. Journal of Applied Psychology jurnalida çop etilgan tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, uzoq vaqt iqtisodiy qiyin şaroitda yaşaş IQ darajasining sezilarli pasayişiga olib keladi.

Tajriba iştirokçilarini kuzatiş jarayonida olimlar oğir hayotiy vaziyat insonda beçoralik mentaliteti şakllanişiga olib kelişini aniqlaşdi. Kun köriş uçun doim vosita izlaş ijodiy va tahliliy qobiliyatlarni ötmaslaştiradi, şuningdek, köp bema'ni va xato qarorlar qabul qilişga olib keladi. 

“Kambağallik insonda IQ darajasining  13-14 ta punktni tortib oladi. Keskin uyqu yetişmovçiligi va alkogolizm holatlarida ham şunga öxşaş ta'sir kuzatiladi. Beçorahol odamning örniga özingizni qöyib köring. Eng oddiy extiyojlarni qondiriş uçun kundan-kunga köproq kuç sarflaşga töğri keladi. Siz doimiy stressda yaşaysiz, e'tiborsiz va jizzaki bölib borasiz. Bu miya işlaşi uçun yaxşi şaroit emas”, - deydi tadqiqotda qatnaşgan prinstonlik psixolog Eldor Şarif. 

Qaşşoqlik odamni kaltafahmlaştiradi, demak uning qiyin vaziyatdan qutuliş imkoniyatlari yanada qisqaradi. Insonga esa bu tuban doirada umrbod qolib ketiş xavf soladi. 

Noçor odamga qanday kömak beriş mumkin? Ba'zi moliyaçilar şartsiz daromad usulini qöllaş orqali vaziyatni yaxşi tomonga özgartiriş mumkin deb hisoblaşadi. Qator mamlakatlar, xususan, Kanada, Finlyandiyada şartsiz daromad usulini tatbiq etiş yölga qöyiş boşlangan.