21 may kuni Namangan şahrida Özbekiston matbuot va axborot agentligi Namangan viloyat hokimligi bilan yaqin hamkorlikida taşkil etilgan «Namangan kitob olami» majmuasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda matbuot va axborot agentligi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Uşbu tadbirni Namangan viloyat hokimi X. Bozorov oçib berdi. Söng Özbekiston matbuot va axborot agentligi Boş direktori A. Yunusov sözga çiqib majmuaning oldida turgan maqsad va vazifalari, sohani rivojlantiriş yölida amalga oşirilgan işlar haqida aytib ötdi. Tadbirda şuningdek, taniqli yozuvçi va şoirlar, san'atkorlar, Zulfiya mukofoti sovrindorlari ham iştirok etişdi. 

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e'lon qilingan «Soğlom ona va bola yili» Davlat dasturiga asosan xalq ma'naviyatini yuksaltiriş, hamda adabiyotga, ma'naviyatga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş va uluğlaş, yoş avlodning ongu şuuriga milliy mustaqillik ğoyalarini singdiriş va Ona - Vatanga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalaşga hissa qöşiş, yoşlarni intellektual rivojlangan va ma'nan barkamol qilib voyaga yetkaziş, aholining, ayniqsa yoşlarning milliy adabiyotimizga va jahon adabiyoti durdonalariga bölgan qiziqişini qondiriş hamda oilaviy kitob öqiş an'analarini tarğib qiliş, yozuvçi va kitobxon örtasidagi muloqotni kuçaytiriş maqsadida yurtimizning barça mintaqalarida «Kitob olami» ma'rifiy majmuasining tarmoqlari oçilmoqda», deyiladi agentlik xabarida. 

Mazkur majmua 400 kvadrat metr maydonni egallagan, unda turli yönalişdagi adabiyotlardan tarkib topgan körkam savdo javonlari örnatilgan va ularga Özbekistondagi naşriyotlari tomonidan naşr etilgan 15 ming nusxadagi kitoblar joylaştirilgan. Şu bilan birga majmuada kitobxonlar xordiq çiqarişlari uçun qulay şaroitlar yaratilib «book-cafe» faoliyati taşkil etilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston matbuot va axborot agentligi va Toşkent şahar hokimligi bilan 2015 yil 2 noyabrda Toşkent şahrida, hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi bilan hamkorlikda 2016 yil 27 aprelda Nukus şahrida «Kitob olami» majmualari oçilgan edi.