Turkmanistonda, Respublika prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qalamiga mansub, turkman gilamlari haqidagi «Samoviy körkamlik» nomli kitob naşr etildi, deb xabar qilmoqda "Turkmaniston: oltin asr" gazetasi.
Davlat rahbari, özining navbatdagi kitobini har yili may oyining oxirgi yakşanbasida nişonlanadigan Turkman gilami bayrami arafasida poyoniga yetkazgan.
Berdimuhamedovning bu asari, uning joriy yilda çop etilayotgan törtinçi kitobidir, deb qayd etmoqda RIA Novosti agentligi.
Yanvar oyida, «Hikmatlar manbasi» , mart oyida «Çoy — malham va ilhom», aprel oyida esa, maşhur axaltekin otlari töğrisidagi «Otning jadal qadami» nomli kitoblari naşrdan çiqqan edi.







