2015 yil Yevropa Ittifoqida ming nafardan ziyod kişi terrorizmda ayblanib, hibsga olingan. Bu haqda Yevropol vakili, terrorizmga qarşi kuraşiş Yevropa markazi rahbari Manuel Navarrete Paniagua ma'lumotiga asoslanib, Deutsche Welle xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, şunga asoslangan hisobot yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

Bundan taşqari, Yevropol mintaqada sodir etilgan, oldi olingan va rejalaştirilgan 211 ta terakt haqida ham hisobot tayyorlagan.

Eng dahşatli terakt sifatida parij voqealari tilga olinadi. 2015 yilning 13 noyabr kuni terrorçilar tomonidan terakt sodir etilib, 130 nafar kişi hayot bilan vidolaşgan edi.