FIFA boş kotibi örinbosari Markus Kattner öz lavozimidan böşatildi, deb xabar bermoqda taşkilot rasmiy sayti.
"Boş kotib örinbosari Markus Kattner öz majburiyatlaridan ozod etildi. FIFA içki tergovi Kattner egallab turgan lavozimi bilan boğliq öz majburiyatlarini bajarişda qoidabuzarlikka yöl qöyganini aniqladi. FIFA tafsilotlarga berilmaydi, biroq tegişli idoralar bilan hamkorlikni davom ettiradi", deyilmoqda xabarda.

Kattner yanvarda futbol faoliyatidan 12 yilga çetlatilgan Jyerom Valke örniga FIFA boş kotibi lavozimini vaqtinçalik egallab turgan edi.







