Bugun 23 may kuni Turkiyaning Istambul şahrida jahon tarixida ilk marotaba Butunjahon gumanitar sammiti öz işini boşladi. U umuminsoniy qadriyatlarga turtki beriş maqsadida taşkil etilgan, deb xabar qilmoqda BMT yangiliklar markazi. 

BMT boş kotibi Pan Gi Mun taşabbusi bilan ötkazilayotgan Sammitda 177 davlat vakillari, şu jumladan, 65ta davlat va hukumat rahbarlari qatnaşmoqda. Sammit kun tartibi insonparvarlik sohasida 5ta asosiy yönalişni qamrab oladi:

— ziddiyatlarga barham beriş va oldini oliş;
— jangovar harakatlar olib boriş qoidalariga rioya etiş;
— heç kim unutilmasligi kerak;
— ehtiyojlarga barham beriş usullarini özgartiriş;
— butun insoniyat manfaatlarini himoya qiliş uçun sarmoya kiritiş.

Uşbu xalqaro Forum ikki kun davom etadi, 7ta muzokaralar davrasi, 15ta maxsus sessiyalar bölib ötadi. Yuzlab mavzuda anjumanlar taşkil etiladi.