Menxengladbaxning «Borussiya» jamoasi yarim himoyaçisi Granit Jaka «Arsenal» a'zosi aylandi.
Londonliklar klubi asli albaniyalik, Şveytsariya terma jamoasi a'zosi bölgan futbolçi bilan 5 yillik şartnoma imzolagan.
23 yoşli futbolçi bugun jamoa bazasida tibbiy körikdan ötgan. U «kanonirlar» safiga Yevro-2016 turniridan keyin kelib qöşiladi.
Tayanç yarim himoyaçisi ampluasida harakatlanadigan bu futbolçining transferi uçun «Arsenal» taxminan 30 million funt sarflagan.
Jaka yangi jamoada 34 raqamli futbolka ostida öynaydi. Uning maoşi miqdori haftasiga 110 ming funt sterlingni taşkil etadi.







