Ispaniyaning Biskayya viloyatidagi (Basklar mamlakati muxtor viloyati) ğorlardan birida qoyaga öyib çizilgan rasmlar aniqlandi. Bu haqda bu rasmlarni aniqlagan arxeolog Diyego Garate ma'lum qildi. 

Uning aytişiça, gap Berriatua viloyatidagi turli hayvonlarning ğordagi 70 ta surati haqida ketmoqda. Bu suratlar 1934-1935 yillarda ispan olimi Xose Migel de Barandiaran tomonidan aniqlangan. Eurasia Press agentligining ma'lum qilişiça, suratlarning yoşi 14 ming yilni taşkil qiladi.  

Garatening aytişiça, suratlarni endigina oçişga muvaffaq bölingan, çunki kerakli joyga yetib boriş murakkablik qilgan: u ğorga qiraverişdan deyarli 300 metr masofa içkarida joylaşgan. Bundan taşqari, arxeologning aytişiça, ğordagi ba'zi tirqişlar şunçalik tor bölganki, ulardan sudralib ötişga töğri kelgan. 

Garatening fikriça, "bu ixtiro juda muhim" hisoblanadi. U köpçilik holatlarda gap bizonlar va otlar haqida ketişi, biroq suratlar orasida eçkilar, buğular va boşqa hayvonlarni ham uçratiş mumkinligini aytgan.

Arxeologning aytişiça, ğorni tadqiq qiliş davom ettiriladi. Olimlar bu ğorga xavfsizlik nuqtai nazaridan kirişga ruxsat berişmayapti. Biroq suratlarni körmoqçi bölganlar ularni olimlar yaratayotgan 3D formatda körsatuvçi maxsus dasturda körişlari mumkin böladi.