Toşkent viloyatining Parkent tumanidagi Özbekiston Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyoş» ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasi Materialşunoslik institutida «Universiada — 2016» sport musobaqalari maş'alasini alanga oldiriş marosimi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar qildi.

«Universiada — 2016» maş'alasini 2012 yili Londonda ötgan Paralimpiya öyinlari sovrindori dzyudoçi Şarif Xalilov öt oldirib, maydonga olib kirdi. U maş'alani 2016 yili Janubiy Koreyaning Çonju şahrida akademik eşkak eşiş böyiça Osiyo saralaş musobaqasida ğolib çiqib, XXXI Olimpiya öyinlariga yöllanmani qölga kiritgan iste'dodli sportçimiz Şahboz Xolmirzayevga tantanali ravişda topşiradi.

Şundan söng maş'ala Farğona viloyati sari yöl oladi.

«Universiada — 2016» maş'alasi olib ötiladigan şahar va qişloqlarda tantanali marosimlar, sportçilarning çiqişlari ötkaziladi. Taniqli şoir va yozuvçilar, san'atkorlar, keng jamoatçilik vakillari, öquvçi-yoşlar iştirokidagi madaniy-ma'rifiy va sport tadbirlari taşkil etiladi.