Qur'oni karimda keluvçi gözal qissalardan biri Yusuf alayhissalom haqidadir. U kişining madhi şunçalar köp tilgan olinganki, ular asosida sanoqsiz hikoyalar töqilgan. Hikoyalar esa afsonalarga aylangan. Ammo bu hikoya va qissalarning eng işonarlisi muborak kalomda keladi.
Hazrat Yusuf qissasining gözal nuqtalari juda köp bölib, har biri inson uçun ibratdir. Ular kişiga olam-olam zavq ulaşadi, xayolga toldiradi, tadabbur qilişga undaydi.
Yusuf alayhissalomning akalari özaro til biriktirişadi hamda otalari Yoqub alayhissalom oldiga kelib, ukalari Yusufni börilar talab ketganini, uning halok bölganini aytişadi va gaplarining isboti tariqasida Yusufning qonga böyalgan köylagini körsatişadi.
Kenja öğli Yusufni jondan ortiq körguvçi Yoqub alayhissalom kuylakni qöllariga olib közlariga surdilar va qattiq dard-alamda köz yoş tökdilar va dedilar: “Men çiroyli sabr qilguvçilardan bölaman!”.

Qissaning yakuni barçaga ayon. Fitna qilgan akalar şarmanda böldi, sabr qilgan ota esa eng gözal oqibatga erişdi.
Sabr insonga berilgan eng katta ne'mat va imkoniyatdir. Çunki kişi sabrçalik bir vaqtning özida ham savobga, ham ikki dunyo ne'matiga erişa olmaydi.
Tasavvur qiling, şahardagi bir supermarketda boşqa joylarda ommabop va qimmat bölgan mahsulotni yarim pulidan arzonga sotişyapti. Eng qiziği siz qayerdan kelişingizdan qat'i nazar yöl kirangizni ham tölab yuborişadi. Nima qilgan bölardingiz? Heç ikkilanmay u yerga boriş uçun yölga tuşardingiz.
Sabr ham xuddi şunday holat. Çiroyli sabrda bölinsa, niyat qilingan ne'matga, albatta, yetiladi va ana şu sabr yölida ham bitmas-tuganmas ajr beriladi.
Yuragingni timdalasa olam-olam dard,
Duşmanlaring hayotinga yetkazsalar gard,
Qolmasa yoningda turguvçi zör mard,
Yoqubdayin çiroyli bir sabr qilgin.
Yor deganing vafo qilmas jafokaş bölsa,
Ğiybatlardan sabringning bu kosasi tölsa,
Bir kun kelib nomardlar gar siring bilsa,
Yoqubdayin çiroyli bir sabr qilgin.







