2017 yilda Italiya raislik qiluvçi "Katta yettilik" (G7) sammiti Sitsiliya orolida bölib ötadi. Bu haqda Italiya boş vaziri Matteo Rentsi ma'lum qildi.
"Bu yili raislik qiluvçi Yaponiya kun tartibiga kiritgan köplab mavzular 2017 yil Sitsiliyada uçraşuv taşkil etadigan Italiyaga ötişi kutilmoqda", deb ma'lum qildi Rentsi.
E'tiborlisi, Rentsi sammitni ötkaziş joyini Yaponiyaga ketayotganda e'lon qildi. Rentsi şu bilan birga bu xabarni Sibirdan yuborayotganini aytgan.
"Men sizga Yaponiyadagi G7 sammitiga ketayotganda yölda yozmoqdaman. Aniqroği bu xabar sizga Sibirdan yuborildi, biz bu yerda texnik töxtaş qildik", deb yozdi Rentsi.
Yaponiyadagi sammit 26-27 may kunlari bölib etadi.







