“Universiada – 2016” musobaqalarining final bosqiçi iştirokçilari Farğona şahridagi xalqaro aeroportda tantanali kutib olindi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.
“Universiada – 2016” sport öyinlarida talaba-yoşlar 15 sport turi – basketbol, boks, voleybol, gandbol, dzyudo, yengil atletika, oğir atletika, stol tennisi, suziş, taekvondo (WTF), tennis, futbol, şaxmat, erkin va yunon-rum kuraşi böyiça bahslaşadi.
– Universiadaning taekvondo böyiça ötkaziladigan bellaşuvlarida qatnaşaman, – deydi Buxoro davlat universiteti talabasi Farangiz Ismoilova. – Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari, jumladan, taekvondoning uç bosqiçli uzluksiz sport tizimiga kiritilişi biz, yoş sportçilarning xalqaro maydondagi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz şarafini munosib himoya qilişimizga katta zamin yaratadi.
– Talaba-yoşlarning sport bayrami arafasida Farğona şahri gözal qiyofa kasb etdi, – deydi Farğona politexnika instituti talabasi Sitora Qöziyeva. – Institutimizda ham keng kölamli bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari olib borildi. Yangi sport zali qurildi. Bunday keng imkoniyatlar biz, yoşlarni yangi marralar sari ruhlantiradi. Musobaqa iştirokçilari – yurtimizning turli hududlaridan kelgan tengdoşlarimga havasim keldi. Ularga “Farğonaga xuş kelibsiz!” deymiz.







