Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğli AQŞning Suriya kurdlarining Demokratik ittifoq partiyasiga nisbatan pozitsiyasini ikkiyuzlamaçilik deb atadi. Bunday deyişiga sabab, OAVda çiqqan Suriyadagi Amerika maxsus kuçlarining suratida harbiylar kurdlarning Demokratik ittifoq partiyasining mudofaa kuçlari ramzi tuşirilgan kamuflyajda bölişgan.

"Terrorizm bilan kuraşayotgan ittifoqdoşlarimizning terrorçi taşkilot ramzidan foydalanişi aqlga siğmaydi. Bu ikkilamçi standartlar va ikkiyuzlamaçilik", - ma'lum qildi Çovuşöğli jurnalistlarga. 

AQŞ Suriyaning şimolida kurdlarni qöllab-quvvatlamoqda, çunki ular kurdlarning IŞID bilan kuraşişişga işonçi komil. Toyib Erdöğan Demokratik ittifoq partiyasini (DIP) qöllab-quvvatlagani uçun Vaşingtonni bir neça marotaba tanqid ostiga olgan. Öz navbatida rasmiy Anqara DIPni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Işçi partiyasi bilan boğliq deb hisoblaydi, şu bois ular Amerika hukumatini Turkiya va DIPdan birini tanlaşga çaqirdi. Biroq Vaşington DIPni terrorçi guruh deb tan olişdan boş tortmoqda.