Italiyaning Paduya şahrida yaşovçi erkak alimentni pitssa bilan tölaş huquqini oldi. Nomi aytilmagan bu erkakning aytişiça, u sobiq rafiqasi bilan ajraşgandan keyin kiçik qizini saqlaş uçun har oy 300 yevro berib turişga kelişib olgan.

Biroq tez orada 50 yoşli erkakda aliment tölaşga puli yöqligi aniqlangan. Şunga qaramay, u professional pitssa pişiruvçi bölgani sababli rafiqasi va qizini bu yegulik bilan ta'minlab turişga tayyorligini bildirgan.

The Local naşrining ma'lum qilişiça, italiyalikning sobiq rafiqasini bu taklif qoniqtirmagan va u qizining otasi ustidan sudga ariza bergan. Biroq Paduya sudi erkakning yonini olib, u "qanday istasa, şunday aliment tölaşi" mumkinligi haqida qaror çiqargan.