Kamçatka aeroportida it egasini bir haftadan kutib, u yerdan ketmayapti. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi. It egasi uni olib ketişga puli yetmagani sababli uni aeroportda qoldirib ketgan.
"Biz bu it qayerdan paydo bölganini bilmaymiz. U haqiqatan ham bu yerda bir haftadan beri yaşamoqda, vokzaloldi maydonida izğib, kelayotgan yölovçilarni kutib olmoqda. Itni öz qaramoğiga olgan volontyorlarning aytişiça, itni bu yerda egasi qoldirib ketgan. Erkakka uni olib ketişga puli yetmagan va bundan taşqari, buning uçun kerakli veterinar hujjatlar ham tayyor bölmagan. Itni samolyotga qöyişmagan va uning egasi hozirda uni kutib ötirgan itisiz uçib ketgan", deb aytdi aeroport vakili.
Aeroportda ma'lum qilinişiça, it özini döstona va osoyişta tutmoqda. Odamlar unga turli yeguliklar berişmoqda.
Uşbu voqea ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib ketdi. Foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqlarda "Kamçatka Xatikosi" deb nom olgan itning egasi topilişi umidida bu voqea bilan bölişişmoqda, biroq hozirça itning egasi javob bermagan.
Itni qaramoğiga olgan "Ostrov nadejdy" priyutining volontyori Marina Nikolenkoning aytişiça Moskvadagi priyutlardan biri itni öz qaramoğiga olişga tayyorligini bildirgan. "Biz it egasi oxir-oqibat topilişiga umid qilmoqdamiz. Biz barça zarur hujjatlarni tayyorlamoqdamiz va uni egasiga yuboramiz. Asosiysi u topilsa böldi", deb aytdi Nikolenko. Uning aytişiça, bunday yirik itni Petropavlovsk-Kamçatskdan Moskvaga taşiş 10 ming rublga aylanadi. Barça yordam berişni istovçilarga tegişli telefon raqamiga qönğiroq qiliş söralgan.
Xatiko laqabli it Yaponiyada sadoqat va vafodorlik ramzi hisoblanadi. Bu it 1932 yili Tokioning yirik gazetalaridan biri "Qari vafodor it yetti yil avval olamdan ötgan egasining qaytişini poylamoqda" deb nomlangan maqolani çop etgandan keyin butun Yaponiyaga maşhur bölib ketgan. Xatiko özining ölimigaça, 9 yil davomida egasini oxirgi marta tirik holda körgan temir yöl stansiyasiga kelib uni poylab ötirgan. Yaponiyada hattoki it ölgan kuni motam e'lon qilingan. 1934 yilda Xatikogo yodgorlik örnatilgan va itning özi uning oçilişida iştirok etgan. Bu voqea asosida bir neçta badiiy filmlar suratga olingan.







