Moskva şahar politsiyasi «LUKoyl» top menejyeri Ruslan Şamsuarovning öğlini, politsiya bilan poyga öynagaç, hibsga olgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi şahar IIBB matbuot xizmatiga tayangan holda. 

«Avtomobil egasi uşlangan, unga ma'muriy jazo qöllaş uçun Gagarin sudiga olib keltirildi», — deb aniqlik kiritgan matbuot xizmati. 

Şamsuarov Mercedes G 63 AMG maşinasi egasi bölib, avtomobilni boşqargan dösti Abduvahob Majidov 23 may kuni bir neça soat mobaynida, yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzgan holda, politsiya ta'qibidan qutilişga uringan. Boş menejyer öğli, maşinasining old örindiğida ötirgan va voqeani mobil telefoniga muhrlab, internetda şarhlab borgan. 

Uşlangandan söngra, translyatsiya vaqtida politsiya xodimlari şa'niga nisbatan nojoiz sözlarni işlatgan.