Ixçam elektron transport vositalari köproq şahar köçalarida şaxsiy qulaylik yaratiş istagidagi foydalanuvçilarga tavsiya etiladi. Undan asosan dökonlarga çiqiş, sayr qiliş, uydan bekatgaça bölgan masofani tezroq bosib ötiş va boşqa maqsadlarda foydalaniş mumkin. Niderlandiyaliklarning GiGi elektroskuteri esa elektron transport vositalaridan özining ötiriş örindiği, sifatli ğildiraklari va qulay yiğiluvçi dizayni bilan ajralib turadi.

Uning orqa va old qismini bir-biriga yaqin qilib taxlasa böladi, rul kolonkasi esa teleskopik tizimning pastki qismga solinadi. Skuter bunday körinişda ikki kişining buyumlari uçun mölljallangan çemodanga öxşaydi. Yiğiş/örnatişga 10 soniya vaqt ketadi. GiGi 100 kg gaça oğirlikni kötara oladi, 25 km/s maksimal tezlikda harakatlanadi va maşina yukxonasiga siğa oladi. Skuterda eng uzoği bilan 25-40 km masofni bosib ötiş mumkin, bu esa sotib olingan akkumulyatorga boğliq. Standart rozetkadan foydalangan holda litiy-ionli batareyani 3.5 soat içida zaryadlaş mumkin. Elektroskuter kamçiligidan biri uning oğirligi bölib, 32 kg ni taşkil etadi. Narxi - 3 995 yevro.