Asus kompaniyasi Computex 2016 elektronika körgazmasida biryöla uçta Zenfone 3 yangi smartfonlarini taqdim qildi, deb xabar berdi The Verge.
Barça smartfonlar Qualcomm Snapdragon protsessorlar bazasida işlaydi. Ular birinçi navbatda turli ölçamlari bilan ajralib turadi: Zenfone 3'ning hajmi 5,5 dyuym, Zenfone 3 Deluxe versiyasida - 5,7 dyuym va rekord 6,8 dyuym - Zenfone 3 Ultra qurilmasida.
Zenfone 3. Tayanç modelning operativ xotira hajmi 4 GB'ni, biriktirilgan fleş-xotira - 64 GB'gaçani taşkil qiladi. Smartfon 16 va 8 Mp'li ikkita kamera, barmoq izlari skaneri, USB-C 2.0 va 3000 mA•ç siğimli batareya bilan boyitilgan. Qurilma bahosi - 294.

Zenfone 3 Deluxe. Bu smartfonning operativ xotirasi - 6 GB'gaça, doimiy xotirasi - 256 GB'gaça, asosiy kamera imkoniyati - 23 MP. Mazkur model narxi - 499 dollar.

Zenfone 3 Ultra. Uçinçi versiya, işlab çiqaruvçining sözlariga köra, 7,1 standart tovuşni qöllovçi (köp kanalli DTS surround) quloqçinlarga ega birinçi smartfon bölib, u 4K-imkoniyatli televizorlarda qöllanişi mumkin bölgan darajadagi protsessorni öz içiga olgan. Model şuningdek kuçli quvvatli akkumulyatori bilan ham diqqatga sazovor - 4600 mAç, xotirasi esa Deluxe'ga qaraganda kamroq - operativ xotira 4 GB'gaça hamda doimiy xotirasi 128 GB'gaça. Zenfone 3 Ultra bahosi - 479 dollar.








