Fransiyadagi birinçi xususiy Canal+ televizion xoldingi asosçisi Andre Russle 93 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqida marhumning qarindoşlari AFP'ga xabar qilişdi.
"U 94 yoşida öz uyida yaqinlari davrasida vafot etdi. U yoşi kattaligi bois şunçaki holdan toygan edi", - deya ma'lum qildi Andre Russlening öğillaridan biri Filipp Russle.
Andre Russle 1922 yilda Fransiya şarqidagi Nansi şahrida tavallud topgan. Oliy ma'lumot olib ulgurmay uruş yillarida u Germaniyadagi majburiy işlarni bajargan. Russle Fransiya ozod bölganidan söng vataniga qaytib, Parijda huquq fakultetini tugatdi va davlat xizmatida faoliyat körsata boşladi.
Russle turli mintaqalarda subprefekt amallarda işlab, joylarda korrupsiya bilan faol kuraş olib borgan va "sotilmaydigan amaldor" degan nomga sazovor bölgan. 1954 yilda yoş Russle fransuz sotsialçilari nazariga tuşib qoladi hamda öşa paytlar IIV boşliği Fransua Mitteran apparatiga rahbarlik qiliş taklifini oladi. Öşandan buyon Russle va böğusi prezident Mitteranning taqdiri uzviy boğlangan, ularning özlari esa yaqin döst va hamkasb bölib qolişdi. Mitteranning ölimidan söng aynan Russle uning vasiyatini bajo keltirgan.
1959 yilda hokimiyat tepasiga Şarl de Goll kelganidan keyin Andre Russle davlat xizmatidan ketib, Simca avtomobil kompaniyasiga işga kiradi. 1960 yilda u Simca'ga qaraşli G7 kompaniyasi - poytaxtning eng birinçi taksoparklaridan birini sotib oladi. G7 Russle boşqaruvi ostida yuqori daromadli korxonaga aylanadi, u bugungi kunga qadar Parij transport bozoridagi yetakçilardan biri hisoblanadi.
1984 yilda Russle televizion efirga nisbatan davlat monopoliyasini buzib, Fransiyada birinçi Canal+ xususiy kabel telekanalini oçadi. 1981 yil respublika boşqaruvini qölga kiritgan Fransua Mitteran uni qöllab-quvvatladi.
Liberal qaraşlar va material uzatişning yangiça usuli yangi kanalning muvaffaqiyatini ta'minladi. Canal+ öz faoliyatini boşlagandan ikki yil ötib, milliondan ortiq teletomoşabinga ega böldi va şu tariqa u Fransiyadagi eng yirik mediaxoldinglardan biriga aylandi.
Andre Russle 10 yil şu sohada işlab, 1994 yilda Canal+ rahbarligidan ketdi. Şundan söng Russle OAV sohasidagi boşqa loyihalar bilan şuğullandi, biroq ular muvaffaqiyat qozonmadi.







