Toşkent şahridagi Inha universitetining (IUT) talabalari “Yurt kelajagi” respublika iqtidorli yoşlar tanlovining Mirzo Uluğbek tumani bosqiçida “Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflar va texnik işlanmalar” yönalişida sovrinli örinlarni qölga kiritdilar.
Ikkinçi bosqiç talabasi Raşid Tojiboyev uşbu tanlovda Health Care Companion (Soğliqni saqlaş uçun hamroh) dasturi bilan iştirok etdi va birinçi örinni qölga kiritdi.
Şu bilan birga IUTning ikkinçi bosqiç talabasi Muzaffar Mahkamov uşbu tanlovda www.keepgoing.uz veb-sayti bilan iştirok etdi va ikkinçi örinni qölga kiritdi.
Toşkent şahridagi Inha universiteti talabalarni AKT va boşqa sohalardagi tanlovlarda faol iştirok etişga çaqiradi. Bunday tanlovlar talabalarning bilimlarini yanada yaxşilaşga va tajriba ortişlariga kömak beradi.







