Kuvayt hukumati neft sektori rivojlanişiga 34 milliard dinar (115 milliard dollar) ajratişni rejalaştirmoqda. Bu haqida vaqtinçalik neft vaziri vazifasini bajaruvçi vakili Vafa az-Zaabiy ma'lum qildi.
"Taxminan 30 milliard (99 milliard dollar) Kuvaytning özidagi loyihalarga sarflanadi: ulardan 63 foizi geologik tadqiqot hamda qaziş işlariga va 37 foizi qayta işlaş hamda neft-kimyo sanoati faoliyatiga yönaltiriladi", - deb keltiradi uning sözlarini KUNA agentligi.
"Neft sektori 94 foiz unga qaram bölgan mamalakat uçun hayotiy muhim ahamiyatga ega", - ta'kidladi u.
Az-Zaabiy hukumatning maqsadi 2020 yilga borib uglevodorodlar işlab çiqariş darajasini sutkasiga 3 million barreldan 4 milliongaça kötariş hamda 2030 yilga qadar buni saqlab qoliş.
KUNA şuningdek Kuwait National Petroleum Company (KNPC "Kuvayt milliy neft kompaniyasi") hozirgi vaqtda "Toza yoqilği" loyihasini kreditlaş böyiça kelişuvga erişişning yakuniy bosqiçda ekanini xabar qildi. KNPC 6,4 milliard dollar miqdoridagi xorijiy kreditlarga murojaat qilişi kutilmoqda. Kuvayt milliy banki va "Kuvayt moliyaviy uyi" islom bankidan 1,2 milliard dollar olgan neftni qayta işlaş kompaniyasi ayni damda hujjatlarni tekşiruvdan ötkazmoqda. Yevropa, koreys va yapon kompaniyalari kreditor sifatida iştirok etişadi.
Loyiha maqsadi - yoqilği, şu jumladan eksportga safarbar etiluvçi dizel, kerosin sifatini oşiriş uçun mavjud neftni qayta işlaş zavodlarini modernizatsiyalaştiriş hisoblanadi.







